“Yangi Toshkent” qurilishi uchun qancha yer ajratiladi?

eʼlon qilindi

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi

«Yangi Toshkent» shahrini qurish uchun Yuqori Chirchiq va Oʻrtachirchiq tumanlaridan 19,7 ming gektar yer maydoni ajratiladi, xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Shundan 12,9 ming gektar qishloq xo‘jaligi, 6,2 ming gektar boshqa toifadagi yerlardir. Ulardan 772 kishi foydalanadi.

Ajratiladigan yerMaydon
Fermer va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlari yerlari1.3 ming ga
Yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari2.3 ming ga
Fermalar3.2 ming ga
Boshqa yer foydalanuvchilari2.2 ming ga
Shaxsiy tomorqalar yerlari3000 ming ga
Mahalliy hokimiyat organlarining zahiradagi yerlari600 ming ga
Kanallar va yo’llar uchun ajratilgan yerlar680 ming ga

Joriy yilning mart oyi oʻrtalarida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda birinchi bosqichda 60 ming aholiga moʻljallangan koʻp qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bogʻchasi qurilishini maʼlum qilgan edi.

Maʼmuriy markaz poytaxt sharqidagi Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻida joylashadi. Shuningdek, loyiha doirasida 100 ming avtomobilga moʻljallangan yer osti toʻxtash joyi, 14 ta zamonaviy tunnel va yettita koʻprik ham koʻzda tutilgan.

Shuningdek