O‘zbekistonning 47 ta universiteti THE Impact Rankings reytingiga kirdi

eʼlon qilindi
Navoiy universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti va TDDU shular jumlasidandir

Britaniyaning The Times Higher Education nashri tomonidan har yili Tomson Reuters agentligi yordamida tuziladigan nufuzli The Times Higher Education Impact Rankings reytingiga O‘zbekistonning 47 ta universiteti kiritilgan.

Jumladan, roʻyxatga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti (601-800-oʻrin), Toshkent davlat agrar universiteti (801-1000-oʻrin) va Toshkent davlat yuridik universiteti (801-1000-oʻrin) kiritilgan.

Reyting xalqaro akademik hamjamiyat vakillari va ish beruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida tuziladi. Universitetlar 13 ta koʻrsatkich boʻyicha baholanadi, ular orasida eng muhimlari xalqaro talabalar va oʻqituvchilarning harakatchanligi, xalqaro stipendiya dasturlari soni, ilmiy tadqiqotlar darajasi, innovatsiyalarga qoʻshgan hissasi, maqolalar keltirish va taʼlim xizmatlari sifati.

Shuningdek