O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti qachon boshlanadi?

eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7 iyundan boshlanadi, xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi (MSK).

foto: advice.uz

Shuningdek, MSK davlat rahbari lavozimiga barcha to‘rtta nomzodni ro‘yxatga oldi. O‘zXDPdan Ulug‘bek Inoyatov, Sotsial-demokratik partiyadan Robaxon Maxmudova, Eko partiyasidan Abdushukur Hamzayev prezidentlik saylovlarida ishtirok etadi. O‘zLiDeP va Milliy tiklanish – O‘zbekistonning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari joriy yilning 9 iyulida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek