Saudiya Arabistoni ishlab chiqarishni qisqartirish haqida e’lon qilganidan keyin neft narxi ko’tarildi

eʼlon qilindi
Brent va WTI neft narxi 2 foizga oshdi

Dunyoning eng yirik neft eksportchisi Saudiya Arabistonining ishlab chiqarishni kuniga 1 million barrelga qisqartirishi haqidagi bayonoti xom ashyo narxining oshishiga olib keldi, yozadi Reuters.

Brent neftining fyucherslari bir barrel uchun 77,64 dollarga baholanib, 2 foizga oshgan. West Texas Intermediate (WTI) neftining narxi ham 2 foizga oshib, barreliga 73,15 dollarni tashkil qildi.

Saudiya Arabistoni energetika vazirligi yakshanba kuni neft qazib olishni iyul oyida kuniga 10 million barreldan 9 million barrelgacha qisqartirishini aytdi. Bu oxirgi yillardagi eng katta pasayishdir.

Saudiya Arabistonining qarori Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) va uning ittifoqchilari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar paketining bir qismidir. Kursiv bir kun avval tuzilma 2024-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha jami neft qazib olish hajmini kuniga 40,46 million barrelga moslashtirishga kelishib olganini yozgan edi. Shunday qilib, guruh xom ashyo narxini oshirishga harakat qilmoqda.

OPEK hozirda 13 a’zo davlatni o’z ichiga oladi.

OPEK+ OPEKning kengaytirilgan formati boʻlib, unga yana oʻnta davlat, jumladan, Rossiya ham kiradi. Assotsiatsiya jahon neftining qariyb 40 foizini ishlab chiqaradi.

Shuningdek