O‘zbekiston va Italiya strategik hamkorlarga aylandi

eʼlon qilindi
Bu haqidagi deklaratsiyani Mirziyoyev va Meloni imzoladi

O’zbekiston va Italiyani strategik hamkorlik rishtalari bog’lab turadi. Mamlakatlar shunday munosabatlarni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi deklaratsiya va davlatlararo hujjatlar toʻplamini imzoladi, xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Deklaratsiyani O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Italiya Vazirlar kengashi raisi Jorj Meloni imzoladi. Marosim Mirziyoyevning Italiyaga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Shuningdek, tomonlar 11 ta davlatlararo hujjat almashdilar. Qishloq xoʻjaligi, sanoat, madaniyat va huquqiy sohalarda hamkorlikka oid kelishuvlar, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik dasturi va madaniy almashinuvlar shular jumlasidandir.

Shuningdek