Koʻproq avtomobillar: AvtoVAZ Oʻzbekiston va Qozogʻiston boʻyicha rejalarini oʻrtoqlashdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ishlab chiqarish hajmi 50%ga o'sishi mumkin

AvtoVAZ prezidenti Maksim Sokolov O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan rejalari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Ishlab chiqarish hajmi 50% ga oshishi mumkin
Foto: LADA

«O‘zbekiston va Qozog‘istonda yig‘ish zavodimiz bor, ular ishga tushirishga tayyor, ammo u yerda texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha muayyan davlat choralarini ko‘rish kerak. Agar bu choralar ko’rilsa, bu ko’rsatkich oshishi mumkin. Va hozirgacha u o’n mingga yaqin. Ammo yaqin kelajakda bunday qarorlar qabul qilinsa, u 50 foizga oshishi mumkin, deb umid qilamiz», – deya ishontirdi u.

Eslatib o‘tamiz, AvtoVAZ 2021-yil sentabrida ADM Jizzax zavodida o‘zbek Roodell bilan birgalikda Lada avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edi.

Aprel oyi oxirida Sokolov kompaniya O‘zbekistondagi avtomobil bozorining 10 foizini egallashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Korxona O‘zbekistonda nafaqat Lada Vesta, balki boshqa rusumdagi, jumladan, Lada Granta ham ishlab chiqarmoqchi.

Shuningdek