AQSh BMT xavfsizlik Kengashini modernizatsiya qilmoqchi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Unga Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining oltita vakilini kiritish taklif etildi

Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) xavfsizlik Kengashi tarkibini kengaytirmoqchi. Amerika Qo‘shma Shtatlari unga oltita doimiy a’zoni kiritishni taklif qildi. Ular veto huquqiga ega bo‘lmaydi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar qildi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild bu borada tashkilotga a’zo davlatlar diplomatlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Kengashni kuzgacha kengaytirish taklif etildi.

The Washington Post gazetasining ta’kidlashicha, AQSh ikkita maqsadga erishmoqchi. Birinchidan, Kengashning kengayishi ta’siri ortib borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar vakillariga kirish imkonini beradi. Ikkinchidan, islohot global qurolli mojarolarni to‘xtata olmaganlikda ayblangan BMTning obro‘sini tiklashga yordam beradi.

AQSh prezidenti Jo Bayden kengashni kengaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini rasman e’lon qildi. U Afrika va lotin Amerikasi davlatlari vakillariga joy berishni taklif qildi.

O‘tgan sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida «Ushbu institut (BMT xavfsizlik kengashi — tahr.) yanada inklyuziv bo‘lish vaqti keldi», – deb ta’kidladi Bayden.

Shuningdek