Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘zining Twitter sahifasida atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini shayton deb atadi.
Shu bilan birga u The Washington Free Beacon konservativ veb-saytidagi maqolasiga izoh berdi. Nashrning ta’kidlashicha, S&P Global reyting agentligi Tesla kompaniyasiga ESG bo‘yicha Marlboro sigaret ishlab chiqaruvchi – Philip Morris International kompaniyasidan pastroq ball bergan.
Maskning kompaniyasi 100 balldan 37 ball, Filipp Morris International esa 84 ball to‘pladi.
“Har yili sakkiz milliondan ortiq odamni o‘ldiradigan sigaretani qanday qilib elektromobillardan ko‘ra ko‘proq axloqiy investitsiya deb hisoblash mumkin? Ehtimol, bu tamaki sanoatining korporativ progressivizmga sodiqligi bilan bog‘liqdir, – deb so‘raydi muallif Tomas Makkena.
ESG tamoyillari atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni (ingliz tilidan, E – atrof-muhit), yuqori ijtimoiy mas’uliyatni (ijtimoiy) va korporativ boshqaruv sifatini (G – boshqaruv) o‘z ichiga oladi.
Standartlar birinchi marta BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan tomonidan 2004-yilda yirik biznes rahbarlariga murojaatida aytilgan. U tamoyillarni ishlab chiqarishga kiritishni maslahat bergan edi.