Bir qator hududlarda giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Bir qator hududlarda giyohvand moddalarning savdosiga chek qo‘yildi
Foto: DXX

O‘zbekistonning bir qator hududlarida giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

Xorazm viloyatining Urganch shahrida 1983-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidan 5 gramm opiy topildi. Ijaraga olingan uyidan esa 887 gramm opiy va 71 gramm geroin aniqlandi. Gumonlanuvchi moddalarni qo‘shni davlatdan olib kelib, sotishni rejalagan.

Farg‘ona viloyatida yana bir holat qayd etildi. 1991-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyidan 2800 dona «Regapen» preparati topildi. Ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dorilar Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan. Ularning umumiy qiymati 140 mln so‘mni tashkil etadi.

Toshkent viloyatida ham shunga o‘xshash jinoyat fosh qilindi. 1996-yilda tug‘ilgan shaxs va Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan sherigi 300 ml «Tropikamid»ni sotayotganida ushlandi. Ular dorini $300 va 600 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Ularning yonidan «Pregabalin» kapsulalari va «Tropikamid» flakonlari ham topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, moddalar dorilar qutilarida yashirilgan holda olib kirilgan.

Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Uchqo‘rg‘onda yer maydonlarini noqonuniy sotgan firibgar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek