Twitterni musiqadan ruxsatsiz foydalangani uchun sudga berishmoqchi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mask kompaniyasidan 250 million dollardan ortiq tovon puli talab qilinmoqda

Musiqa kompaniyalari Twitter ijtimoiy tarmog‘ini mualliflik huquqini buzganlikda ayblamoqda. Bu haqida Bloomberg agentligi xabar berdi.

Foto: Reuters

Amerika Milliy musiqa nashriyoti assotsiatsiyasi 17 ta tashkilot nomidan Twitterga qarshi Neshvil federal sudiga da’vo arizasi berdi. Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoq mualliflik huquqi egalarining ruxsatisiz kompozitsiyalardan foydalanadi.

Gap 1,7 ming qo‘shiq haqida ketmoqda. Huquqlarni buzgani uchun uyushma Twitterdan har bir ish uchun 150 ming dollargacha pul talab qiladi. Hammasi bo‘lib, gap  250 million dollardan oshiq mablag‘ haqida ketmoqda.  

Twitter mualliflarga musiqasidan foydalangani uchun haq to‘lamaydigan kam sonli ijtimoiy tarmoqlardan biridir. YouTube, Facebook va TikTok mualliflarga haq to‘laydi.

Shuningdek