O‘zbekistonda IT-maslahatchilar uchun bepul trening o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
18 dan 20 iyungacha

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va O‘zbekiston Fintech assotsiatsiyasi axborot texnologiyalari (IT) va biznesni raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchilar uchun bepul trening o‘tkazadi. Bu haqda Assotsiatsiyaning Telegram kanalida aytilgan.

Treningning ikkinchi bosqichi 18-20- iyun kunlariga moʻljallangan. U beshta yo‘nalishda o‘tkaziladi: loyihalarni boshqarish, ma’lumotlarni boshqarish, elektron tijorat, raqamli marketing, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun fintech.

Tadbir ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash aksiyasi doirasida o‘tkaziladi.


Shuningdek