Hafta davomida salqin havo bo‘lishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Ushbu haftada issiq biroz pasayishi kutilmoqda, xabar berdi O‘zgidromed.

O‘tgan hafta dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha juda issiq ob-havo kuzatildi. Havo harorati kunduz kunlari 39-41o ga, janubda ba’zi joylarda 43-45o ga yetgan.

Foto: uz.Sputniknews.ru

Bugun, 19-iyul kuni kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bugungi havo harorati 36-41o, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 42-45o atrofida bo‘lishi mumkin.

Kavkaz hududlaridan nisbatan biroz salqin havo kirib kelishi hisobiga ertadan issiq biroz pasayadi. Havo harorati ish haftasining oxirigacha 33-38o atrofida bo‘ladi. Respublikaning eng chekka janubida issiq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Harorat asosan 39-41o, Surxondaryo viloyatida hafta o‘rtasiga kelib, ba’zi joylarda 42-44o gacha bo‘ladi.

20-iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida ob–havoning beqarorligi respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida saqlanib turadi – ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi. Bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoldan holis emas.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 23-iyunda janubda va cho‘l hududlarda shamolning kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab 20-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi, faqat bugun kunning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 19-iyunda 38-40o, keyinchalik ish haftasining oxirigacha 35-37o bo‘lishi haqida xabar berilgan.  

Shuningdek