KXShT Turkmaniston va O‘zbekistonni Afg‘onistondagi ishlarga qo‘shilishga chaqirdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zbekiston haqida nima yozishmoqda: xorijiy matbuotni ko‘rib chiqishamiz

TASS: «KXShT Turkmaniston va O‘zbekistonni Afg‘oniston bo‘yicha tashkilot ishiga jalb etishga chaqirdi» — kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Turkmaniston va O‘zbekistonning KXShTning Afg‘oniston yo‘nalishidagi faoliyatiga ulanish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashdi.

Foto: RIA

IslamToday: «O‘zbekiston va BAA aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi» — O‘zbekiston va BAA tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Abdallah bin Zayd Al Nahayon Abu-Dabidagi muzokaralar vaqtida o‘z idoralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha vazifalarni belgilab olishdi.

EastFruit: «O‘zbekiston: davlat agrar sektorni qo‘llab — quvvatlamoqda» – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023-yil 19-iyun kuni «Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirishning uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi, bu esa O‘zbekiston agrar sektorini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi.
CentralAsia: «O‘zbekiston chang bo‘roni bilan qoplangan. O‘n minglab odamlar elektrsiz qolishdi» — O‘zbekistonning bir qator mintaqalarida 19-iyun kuni kuchli chang bo‘ronlari kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarda ob-havoning noqulayligi sabab ko‘chalarda tirbandliklar mavjud. PenzaInform: «O‘zbekistonlik muhojirlarga Rossiya federatsiyasi fuqarolarining pasportlari topshirildi» — Penza viloyatida chet elda yashovchi vatandoshlarni Rossiya Federatsiyasiga ixtiyoriy ravishda ko‘chirishga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi davom etmoqda.

Shuningdek