Toshkentdan Qurbon Hayitiga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
eʼlon qilindi
Qurbon hayiti kunlarida poytaxtdan Samarqand va Qarshiga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi «Oʻztemiryoʻlyulovchi» matbuot xizmati.
«Toshkent-Qarshi-Toshkent» (No780/779) yoʻnalishida 29-iyuldan boshlab poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Poytaxtdan jo’nash vaqti 7:00, yetib kelish vaqti: 10:21. Qarama-qarshi yo‘nalishda –15:25 va 18:50.
26-iyundan 3-iyulga qadar Samarqanddan Toshkentga (No767/768) poyezdlar soat 11:09 da jo‘nab, poytaxtga 13:19 da yetib keladi. Poyezd soat 13:40 da qaytib, Samarqandga 15:48 da yetib boradi.