Amazon Hindistonga sarmoya kiritmoqchi

eʼlon qilindi
Googledan keyin

AQShning raqamli tijorat giganti Amazon 2030-yilga borib Hindistonga sarmoyani 26 milliard dollargacha oshiradi. Bu haqida bosh direktor Endi Jessi va bosh vazir Narendra Modi kelishib oldi, deb yozadi Reuters.

Foto: Unsplash

Rejaga ko‘ra, Amazondan ushbu shtat iqtisodiyotiga qo‘shimcha 6,5 milliard dollar kiritish kerak bo‘ladi. Jessi bu mablag‘lar aynan qaysi loyihalarga sarflanishiga aniqlik kiritmadi.

May oyida bulutli texnologiyalarni ishlab chiquvchi Amazon Web Services 2030-yil oxirigacha Hindistonga 12,9 milliard dollar sarmoya kiritish niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi.

Avvalroq Google Hindiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish rejalari haqida gapirgan edi. Kompaniya mamlakatni raqamlashtirish fondiga 10 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.

Amazon – Amerika kompaniyasi, dunyodagi eng yirik elektron tijorat platformasi. 1994-yilda onlayn kitob do‘koni sifatida tashkil etilgan.

Shuningdek