Bash uchun: Aston Martin aksiyalarini texnologiyaga almashtiradi

eʼlon qilindi
Shartnoma Lucid bilan tuziladi

Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Aston Martin kompaniyasi texnologiya evaziga AQShda joylashgan Lucid kompaniyasining 3,7% ulushini olishi haqida kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Aston Martin

AQSh firmasi akkumulyatorli elektr transport vositalari texnologiyasiga, jumladan, elektr quvvati va akkumulyator tizimlariga kirishni ta’minlashi kutilmoqda.

Agar bitim Britaniya kompaniyasi aksiyadorlari tomonidan ma’qullansa, Aston Martin Lucid Group uchun taxminan 28,4 million oddiy aksiyalarni chiqaradi va taxminan 232 million dollarni bosqichma-bosqich to‘laydi.

Butun dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchilari ichki yonuv dvigatellaridan elektromotorlarga o‘tish uchun 1,2 trillion dollar ajratmoqda. Biroq, Aston Martin kabi kichik biznes boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikka tayanadi, dedi Reuters.

Britaniya kompaniyasi o‘zining elektromobilini 2025-yilda taqdim qilmoqchi. Lucid bilan kelishuvdan oldin u o‘zining «katta akasi» – Mersedesning texnologiyasiga tayangan.

Shuningdek