O‘zbekiston turkiyalik sayohatchilarni qanday o‘ziga tortmoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bursada turizm salohiyati taqdimoti boʻlib oʻtdi

Turkiyaning Bursa shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

Foto: Unsplash

Taqdimot ishtirokchilari O‘zbekistonga turkiyalik sayohatchilar oqimini ko‘paytirish usullari va ziyorat sayohatlarini tashkil etish yo‘llarini muhokama qilishdi. Shuningdek, mehmonlarga mamlakatimizning qadimiy shaharlari aks etgan fotosuratlar ko‘rgazmasi taqdim etildi.

Taqdimotda Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi vakili Kamil O‘zer, Bursa Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a’zosi Erol Kilich va 20 dan ortiq sayyohlik agentliklari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni tashkil etish taklifi O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsullikdan tushgan.

Shuningdek