Bugun palov bo‘lmaydi: Toshkentning qaysi tumanlarida gaz o‘chiriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ta’mirlash ishlari tufayli

Mirobod tumanida gaz quvuridagi taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi, xabar qildi «Xududgaz Poytaxt» matbuot xizmati.

Foto: Unsplash

«Oq uy» mahallasi hududida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

27-iyun kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Eski otchopar ko‘chasi aholisi gazsiz qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga kamaydi.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importining yillik hajmi 2,8 milliard kub metrni tashkil etishini yozgan edi.

Shuningdek