Mirobod tumanida gaz quvuridagi taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi, xabar qildi «Xududgaz Poytaxt» matbuot xizmati.
«Oq uy» mahallasi hududida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
27-iyun kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Eski otchopar ko‘chasi aholisi gazsiz qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga kamaydi.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importining yillik hajmi 2,8 milliard kub metrni tashkil etishini yozgan edi.