Qarshi hujum. Xitoy chiplar ishlab chiqarish uchun xomashyo eksportini cheklaydi

eʼlon qilindi
Endi galliy va germaniyadan mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma talab qilinadi

Xitoy 1-avgustdan boshlab mikrochiplar ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar eksportini cheklaydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Unsplash

Pekinga ko‘ra, bu harakat milliy xavfsizlikni himoya qilishga qaratilgan. Eksportchilar endi bir qator galliy va germaniy mahsulotlarini xorijga jo‘natish uchun ruxsat olishlari kerak bo‘ladi.

Nashrning qayd etishicha, eksportni tartibga solish AQShning Xitoyga yuqori texnologiyali yarimo‘tkazgichlarni yetkazib berish bo‘yicha mumkin bo‘lgan yangi cheklovlari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Pekinning yadroviy qurol va sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan superkompyuterlar ustidagi ishini sekinlashtirish uchun 2022-yilda Xitoyga eksport cheklovlarini joriy qilgan edi.

2023-yil boshida Vashingtonning ittifoqchilari Yaponiya va Niderlandiya Xitoyga yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ayrim turdagi uskunalar yetkazib berishni chekladi.

Shuningdek