O‘zbekiston 2023-yilda turizm xizmatlari eksportini 2 milliard dollarga yetkazmoqchi

eʼlon qilindi
Yanvar-may oylarida bu ko‘rsatkich qariyb 830 million dollarga yetgan

2023-yilda O‘zbekistonga 30 millionga yaqin xorijiy va mahalliy sayyohlar jalb etiladi. Xizmatlar eksporti 2 million dollargacha oshadi, deb xabar qildi mamlakat Madaniyat va turizm vazirligi.

Foto: Uzbekistan travel

Yil davomida O‘zbekistonga 10 million xorijiy va 20 million mahalliy sayyoh kelishi kutilmoqda. Ziyorat safarlari doirasida mahalliy ziyoratgohlarni Turkiya, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Isroil, Pokiston, Yaponiya, Bangladesh va MDH davlatlarining 1,2 million aholisi ziyorat qiladi. 2023-yilning besh oyida O‘zbekistonga 2,6 million xorijiy va 8 milliondan ortiq mahalliy sayyoh tashrif buyurdi. Turizm xizmatlari eksporti ikki baravarga oshib, yanvar-may oylarida 833,5 million dollarni tashkil qildi.

Shuningdek