2023-yilda O‘zbekistonga 30 millionga yaqin xorijiy va mahalliy sayyohlar jalb etiladi. Xizmatlar eksporti 2 million dollargacha oshadi, deb xabar qildi mamlakat Madaniyat va turizm vazirligi.
Yil davomida O‘zbekistonga 10 million xorijiy va 20 million mahalliy sayyoh kelishi kutilmoqda. Ziyorat safarlari doirasida mahalliy ziyoratgohlarni Turkiya, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Isroil, Pokiston, Yaponiya, Bangladesh va MDH davlatlarining 1,2 million aholisi ziyorat qiladi. 2023-yilning besh oyida O‘zbekistonga 2,6 million xorijiy va 8 milliondan ortiq mahalliy sayyoh tashrif buyurdi. Turizm xizmatlari eksporti ikki baravarga oshib, yanvar-may oylarida 833,5 million dollarni tashkil qildi.