O‘zbekiston Rossiyadan 38 ming tonna neft oldi

eʼlon qilindi
Qozog‘iston orqali tranzit

2023-yilning aprel-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, «KazTransOil» O‘zbekistonga tranzit orqali 37,9 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. Birinchi chorakda O‘zbekistonga 10,7 ming tonna.

Foto: Depositphotos

2023-yilda «KazTransOil» Rossiyadan O‘zbekistonga neft tranziti hajmi taxminan 250 ming tonnani tashkil etishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil dekabr oyida Ostona va Toshkent o‘rtasida shartnoma imzolangan, unga ko‘ra O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidan Qozog‘iston orqali 300 ming tonna uglevodorod xomashyosini oladi.

Qozog‘iston kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda O‘zbekiston 67,9 ming tonna, 2018 yilda 36 ming tonna miqdorida Rossiya neftini olgan. Biroq, 2019-yildan 2022-yilgacha tranzit bo‘lmagan.

Shuningdek