Minnixanov: Tatariston O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston haqida nimalar yozishmoqda: xorijiy matbuotga sharh

RIA Novosti: «Tatariston rahbari Lavrov bilan uchrashdi» – Tatariston rahbari Rais Rustam Minnixanov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda mintaqa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston bilan faol hamkorlik qilayotganini aytdi.

Foto: «Tatar informasi»

TASS: «Poytaxtning 25 yilligi sharafiga Ostonada dunyoning yetti davlati harbiy orkestrlari konsert berdi» – Ostonada poytaxtimizning 25 yilligi sharafiga dunyoning yetti davlati, jumladan, O‘zbekiston harbiy orkestrlari konsert berdi.

Markaziy Osiyo. OAV: «Yil boshidan buyon Qozog‘iston O‘zbekistonga 48,6 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi» – 2023-yilning birinchi yarmida Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga tranzit orqali 48,6 ming tonna neft yetkazib berdi.

Forbes.kz: «Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda uchta yirik GES quradi» – China Southern Power Grid International (XXR) O‘zbekistonda umumiy quvvati 820 MVt bo‘lgan uchta elektrostansiya qurishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek