Kanadalik biomuhandislar mahsulotda xavfli bakteriyalar mavjudligidan ogohlantiruvchi go‘sht qadoqlarini ishlab chiqishdi. Ular Advanced Materials jurnalida ochilish tasvirlangan maqola chop etishdi.
Innovatsion qadoqda go‘shtda salmonellalarni aniqlay oladigan xavfsiz reagentlar (kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etuvchi moddalar) mavjud.
Datchik idishning pastki qismida joylashgan bo‘lib, u yerda mahsulot tarkibidagi suyuqlik oqadi.
Paket boshqa narsalar bilan aloqa qilgandan keyin ham bakteriyalarni aniqlaydi. U telefonga ulangan skaner bilan ishlatilishi mumkin.
Ixtirochilar qadoqlash ovqatdan zaharlanish sonini kamaytiradi va go‘sht sifatini tekshirish narxini pasaytiradi, deb umid qilmoqda.