Diyora Keldiyorova katta sportga qaytmoqda

5-aprel 2026 12:28 eʼlon qilindi

(5-aprel 2026 21:46 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Olympic.uz

Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga kirishdi va kelajakdagi musobaqalarda ishtirok etishni rejalamoqda. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Dzyudo bo‘yicha «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova sport faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Hozirda u yakka tartibda mashg‘ulot olib bormoqda.

Sportchining aytishicha, uzoq tanaffusdan keyin darhol terma jamoa yig‘inlariga qo‘shilish oson emas. Shu sabab u, avvalo, jismoniy holatini tiklashga e’tibor qaratmoqda.

Keldiyorova qaysi musobaqada qatnashishini hozircha aniq aytmagan. Agar sport formasi tez tiklansa, u Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin. Aks holda, keyingi musobaqalardan birida tatamiga qaytishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sportchi Olimpiadadan so‘ng ona bo‘lgan va deyarli ikki yilga yaqin tanaffus qilgan edi. Endi esa u yana katta sportga qaytish arafasida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Diyora Keldiyorova ochgan dzyudo maktabi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek