Xitoy Tolibon bilan doʻstlashish maqsadida Oʻzbekiston orqali Afgʻonistonga yangi yoʻnalish ochdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Xitoy Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududi orqali Afgʻonistonga 3000 km dan ortiq temir yoʻl yoʻlagini ishga tushirdi, yozadi South China Morning Post.

Foto: Sinxua

Payshanba kuni Gansu provinsiyasidagi Lanchjou vokzalidan avtomobil ehtiyot qismlari, stanoklar, mebel va boshqa tovarlar ortilgan birinchi poyezd jo‘nab ketdi. Poyezd g‘arbiy yo‘nalishda Qirg‘iziston bilan chegaradagi Qashg‘arga yo‘l oladi. U yerda yuk mashinalarga ortib, O‘zbekistonga olib ketiladi va u yerda yana temir yo‘l platformalariga qayta yuklanadi. Yetib kelish joyi Afg‘on Hayratoni. Birinchi yukning umumiy qiymati 1,5 million dollarni tashkil qiladi.

Nashrning qayd etishicha, yo‘nalishning ishga tushirilishi asosan ramziy ma’noga ega, ayni paytda uning iqtisodiy qiymati past. XXR Tolibon bilan aloqalar o’rnatishga intiladi.

Shuningdek