Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi Yevropada zavod quradi

eʼlon qilindi
SAIC Motors mashinalari Yevropa Ittifoqida mashhur

Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi SAIC Motors Yevropadagi birinchi zavodni quradi. Bunday qaror G‘arb mamlakatlarida SAIC Motors sotuvining keskin o‘sishi bilan bog‘liq. Bu haqda BBC portali xabar berdi.

Foto: BBC

«Kompaniya MG, IM va Maxus kabi koʻplab brendlarga ega. Biz qaysi mashinalarni Yevropadagi zavodda ishlab chiqarishimizni hal qilamiz», dedi SAIC Motors vakili BBCga. Kompaniyaning qoʻshimcha qilishicha, kompaniya asosiy eʼtiborni elektromobillar ishlab chiqarishga qaratadi.

Endi SAIC Motors Yevropa davlatlaridan birida ishlab chiqarish uchun joy qidirmoqda.

2023-yilning dastlabki uch oyida SAIC Motors avtomobillarining Xitoydan tashqarida sotuvi 40 foizga o‘sdi. Yetkazib berishlarning aksariyati MG markali avtomobillarga to’g’ri keldi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, Yevropa SAIC Motors uchun eng yirik tashqi bozorga aylandi. U 100 mingdan ortiq avtomobil sotgan.

Shuningdek