Hojilar ham ovoz berishmoqda

eʼlon qilindi
Mehmonxonada hojilar uchun saylov uchastkasi tashkillashtirildi

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari erta tongdan mehmonxona foyesida tashkil etilgan saylov uchastkasiga kela boshladi.

Foto: Muslim.uz

Saylovchilar o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda mamlakatimiz va chet davlatlarda tashkil etilgan barcha shart-sharoitga ega saylov uchastkalarida ovoz beryaptilar. Toshkent shahridagi 14-saylov okrugiga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi 39-uchastka saylov komissiyasi tomonidan ziyoratchilar uchun Makka shahridagi «Roshidiya» mehmonxonasida ovoz berish punkti tashkil etildi.

Foto: Muslim.uz

Hatto, yoshi ulug‘ kishilar, bemorlar va harakatlanishga qiynaladigan ziyoratchilar uchun ham ularning xonalarida ovoz berish imkoniyatlari yaratildi.

Foto: Muslim.uz

Uzoq zamindagi vatandoshlarimizning saylovga oid huquqlarini amalga oshirish uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratilib, jarayon saylov qonunchiligi talablari asosida olib borilmoqda.

Foto: Muslim.uz
Shuningdek