O‘zbekistonda magistraturaga erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq kirishadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda

11-iyul soat 9:00 holatiga ko‘ra, magistraturaga hujjat topshirganlar soni 3,2 ming nafarni tashkil etdi. Ularning 69 foizini ayollar tashkil etadi, deb xabar qildi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Foto-ram

Erkak va ayol abituriyentlarning aksariyati Toshkent (1,2 ming), Buxoro (333) va Farg‘ona (238)dan kelgan.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida jami magistratura yo‘nalishlari soni 17,1 mingtani tashkil etdi, 8,9 ming kishi grant asosida o‘qishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, bakalavriat yoʻnalishiga abituriyentlarni roʻyxatga olish 20-iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarga hujjatlarni qabul qilish 10 iyulgacha davom etadi.

Shuningdek