Tolibon Shvetsiya missiyalari faoliyatini to’xtatdi

eʼlon qilindi
Qur'on tahqirlangani sabab

Tolibon matbuot kotibi Zabiulla Mujohidning aytishicha, Kobul Qur’on yoqib yuborilgani uchun Afg’onistondagi barcha Shvetsiya faoliyatini muzlatib qo’ymoqda.

Foto: Majid Saidiy/Getty Images

Hozirgi Afg‘oniston hukumati ham musulmon davlatlarini Stokgolm bilan aloqalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

Qur’onni tahqirlash bilan bog’liq hodisa Shvetsiyada 28 iyun – Qurbon hayiti nishonlanadigan kuni sodir bo’lgan. 37 yoshli iroqlik Salvan Momika Stokgolmdagi bosh masjid oldida musulmonlar uchun muqaddas kitobni yoqib yubordi. Uning bu harakati musulmonlar orasida norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi.

Ertasi kuni, 29 iyul kuni Iroq hukumati Shvetsiya hukumatini Momikni ularga ekstraditsiya qilishga chaqirdi.

Shuningdek