Uzbekistan GTL yana dizel yoqilg’isining ulgurji narxini pasaytirdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bir tonna uchun 9,4 million so‘mgacha

12 iyuldan boshlab tovar birjasida sintetik dizel yoqilg‘isining boshlang‘ich narxi bir tonna uchun 10 116 972 so‘mdan 9 499 953 so‘mga tushirildi, deb yozadi Uzbekistan GTL matbuot xizmati.

Foto: GTL

Shu bilan birga, «O‘zbekneftgaz» AJ yarim sintetik dizel yoqilg‘isi narxi bir tonna uchun 13 488 974 so‘mdan 11 673 687 so‘mga tushiriladi.

Aprel oyida Uzbekistan GTL beshinchi marta sintetik dizel narxini pasaytirgani xabar qilingan edi. 5 aprel kuni bir tonna yoqilg‘i narxi 10,1 million so‘mgacha tushdi, bu fevral oyiga nisbatan 14,7 foizga arzon.

Shuningdek