O’zbekiston Avtomobil yo’llari qo’mitasiga yangi rahbar tayinlandi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

Prezident tomonidan ishdan olingan Abduvaliyev o’rni

O’zbekiston respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi «UZavtoyo’l» Avtomobil yo’llari qo’mitasi rahbarligiga Jamshid Tursunov tayinlandi. Oldinroq ushbu lavozimda Abdurahmon Abduvaliyev edi. Bu haqida UzA xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Avvalroq Tursunov moliya, iqtisodiyot hamda kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha Buxoro viloyati hokim o’rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2021 – 2023 yillar oralig’ida esa «Uzavtoyo’l» da rahbar o’rinbosari lavozimida edi.

«Kursiv» , so’nggi videoselektor majlisida O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev turli sohalardagi investitsiyalarni o’zlashtirish borasidagi ishlarni keskin tanqid qilib, yirik tashkilotlarning bir necha raislari, vazir va hokimlarni ishdan bo’shatgan edi. Xususan, avtomobil yo’llari qo’mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev ham lavozimidan olingan edi.

Shuningdek