Dinamik bozor yaxshilanishlarga muhtoj

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari

Toshkent Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili O’zbekiston bozori, rivojlanish istiqboli haqida gapirib berdi.

Georgiy Otayevich sizni 2023- yil boshida Toshkent Respublika fond birjasi boshqaruvi raisligiga tayinlashdi. Bundan oldinroq, yarim yil ijrochi lavozimida edingiz, moliya sohasidagi tajribangiz haqida gapirib bersangiz.

-Hayotimning katta qismida tijoriy hamda moliyaviy banklarda ishladim. Ish faolyatimni 1995 – yil Gruziyada boshlaganman. Tbilisi Davlat universiteti iqtisodiyot yo’nalishini tamomlaganimdan so’ng «Absolyut» nomli Amerika bankida valyuta dilleri sifatida, keyinroq g’aznachilik bankida rahbar lavozimida, keyinroq nemis «Mikrokreditbank» ida ichki auditor lavozimda faoliyat olib bordim. Keyinchalik, AQSh ga o’qishga borib, magistraturani(MBA) biznes boshqaruvi yo’nalishida tamomladim.

Natijada yashash uchun qolib, Credit Suisse First Boston investitsiya bankiga ishga joylashdim. Bir necha yil u yerda ishlagach, xuddi shu bankning London filialiga o’tkazishdi. U yerda treyder bo’lib, obligatsiyalar bilan savdo qilar edim. Keyin Gruziyaga qaytib Gruziya bankida ishlay boshladim. Biz u bankda juda ko’p ish qildik, xususan uni London fond birjasiga qo’shdik. Bu Kavkaz ortidagi birinchi xalqaro IPO edi. Bunda joylashtirish juda muvaffaqiyatli bo’ldi, aksiyalar narxi 17$dan 42$ ga chiqdi. Moliyaviy krizisdan keyin Societte Generale fransuz bankiga qarashli Bank republic nomli bankga boshqaruv raisi o’rinbosarligiga ishga o’tdim.

So’ngra Liberty Bankida ham boshqaruv raisi o’rinbosari sifatida ishladim, birozdan keyin Tera Bankda chakana va korporativ biznesni boshqardim. Qisqa muddat ichida, ushbu ikki bank oralig’ida horijdagi va Gruziyadagi o’ziga to’q odamlar aktivlarini boshqarish kompaniyasini ochdim. Tera Bankda tijoriy direktor lavozimida ishlagach, Gruziya fond birjasi boshqaruv raisligiga tayinlashdi u  yerda sakkiz yil faoliyat olib borish davomida Gruziya qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysida kuzatuv kengashi raisi bo’ldim. Mening depozitariydagi eng katta yutug’im deb markaziy birjaning savdo sistemasi va hisob kitob kliringini butunlay yangilab, Clearstream kompaniyasini Gruziyaga olib kirdik. U yerda butun dunyodan investorlar turli bozorlarda qimmatli qog’ozlarini saqlaydi. Natijada shunga erishdikki, mahalliy qimmatli qog’ozlar bozoriga dunyoning deyarli barcha investorlari kirishi uchun yo’l ochdik.

Ko’rinib turibdiki, moliya sohasida sizda ulkan ish tajribasi bor, sizning qaysi ko’nikmalaringiz O’zbekistonni rivojlantirishga yordam bera oladi?

-Umid qilamanki O’zbekistondagi faoliyatimga mening ham jahon ham sobiq Ittifoq mamlakatlarida orttirgan bilim va tajribam qo’l keladi. Oxirgisidagi tajribamning o’ziga xosligi shundaki, u kam likvidlilik va yuqori darajadagi xavfga ega (iqtisodiy, siyosiy va infrostruktura tomonlama) investorlar uchun baribir umumiy Ittifoq o’tmishiga egamiz, shuning uchun qonunchilik va regulyatsiyasi, hamda muammolari ham o’xshash bo’ladi.

 Yuqorida aytib o’tgan tajriba tufayli mamlakatda mavjud bo’lgan muammolarni, O’zbekistondagi qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlangan mamlakatlarda bo’lgani kabi qiziqarli, likvid va jozibali bo’lishi uchun nimalar qilish kerakligini tushunishim oson bo’ladi deb o’ylayman.

Hozirda RFBda qanday loyihalar bilan shug’ullanasiz?

– Fond birjasida biz bir nechta ustuvor yo’nalishlar ustida ishlayapmiz. Biz amalga oshirayotgan eng muhim loyiha mahalliy fond bozoriga xorijiy investorlarni jalb qilish bilan bog’liq. Biz birinchi navbatda yirik investorlarni, masalan, pensiya va pay fondlarni, to’siq fondlarini, banklarni va ularning mijozlarini qiziqtirmoqchimiz. Buning uchun biz xorijiy va mahalliy qimmatli qog’ozlar bozorlari o’rtasida bog’lanish (aloqa) o’rnatishimiz kerak. Biz Clearstream va bir nechta xorijiy banklar bilan ushbu yo’nalishda juda qattiq ishlayapmiz. Ushbu katta va muhim loyiha yakunlangach, O’zbekiston fond bozorida uning o’sishiga ko’maklashadigan ko’plab xorijiy investorlarni ko’ramiz deb umid qilamiz.

Men bunga optimistik yondashaman va rivojlanishga umid qilaman. Birinchidan, biz xorijiy investorlar uchun davlat qog’ozlari bozoriga kirish yo’lini ochamiz, chunki ular odatda davlat qimmatli qog’ozlariga sarmoya kiritishni boshlaydilar. Masalan, xuddi shu Clearstream birinchi navbatda o’z mijozlariga ushbu bozorga, keyin esa boshqalarga kirish imkoniyatini ochadi. Ya’ni, aslida bu bizning tanlovimiz emas, balki aksariyat xorijiy investorlarning tanlovidir.

Yuqorida aytib o’tilgan loyihaga parallel ravishda biz yana bir necha yo’nalishda ishlayapmiz. O’zbekistondagi ko’plab kompaniyalar korporativ boshqaruvni yaxshilashga muhtoj. Biz ular tezroq kuzatuv kengashlariga mustaqil a’zolarni tayinlashlari, moliyaviy hisobotlarining sifatini yaxshilashlari va muhim faktlarni o’z vaqtida e’lon qilishlari uchun bu borada yordam berishga harakat qilyapmiz. .

Brokerlik a’zolarimiz uchun ishlarni osonlashtirish uchun birjadagi savdo qoidalarimizni, shuningdek, chet ellik mijozlar tomonidan valyutani konvertatsiya qilish va foydani vataniga qaytarish tartib – qoidalarini takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz. Byurokratiya qanchalik kam bo’lsa, brokerlar mijozlarga qo’ng’iroq qilish uchun ko’proq vaqt sarflaydi, ularga turli xil investitsiya mahsulotlarini sotishadi mahalliy kompaniyalarga aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish orqali mablag ‘ yig’ishda yordam berishadi, ya’ni ular o’zlarining asosiy ishlari bilan shug’ullanishadi, qog’ozbozlik bilan emas.

So’nggi yillarda O’zbekiston fond bozorining rivojlanishini qanday baholagan bo’lardingiz?

– O’zbekiston bozori o’sdi va buni statistik ma’lumotlar orqali ko’rish mumkin. Savdo hajmi va qimmatli qog’ozlar bilan bitimlar sonining o’sdi. Ko’rsatkichlar yildan-yilga o’sib bormoqda. 2023-yilning boshi ham juda dinamik edi. Biz bozorda faoliyat hajmi pasaymayotganini ko’ryapmiz, ayniqsa hozir UzAuto Motors IPO o’tgandan keyin. Bunday hodisalar bozorda savdo hajmi va likvidligini oshiradi.

Brokerlar O’zbekistonda qanchalik faol?

– Brokerlik kompaniyalari bozorni rivojlantirishda juda muhim rol o’ynaydi – ularsiz bozor bo’lmaydi. O’zbekistonda yangi brokerlar, shuningdek mobil ilovalar (masalan, Jett.uz Multicard – dan), bu investorlarga bozorda o’zlari savdo qilishlariga imkon beradi. Shuni ham unutmaslik kerakki, brokerlar nafaqat birjada savdo qilishadi, balki anderrayterlar sifatida ham harakat qilishadi, kompaniyalarga qimmatli qog’ozlarni chiqarishda va investorlardan pul yig’ishda yordam berishadi. Eng yaxshi so’nggi misol – Freedom Broker. Kompaniya UzAuto Motors aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) anderrayteri sifatida ishtirok etdi. Boshqa brokerlar ham yaxshi ishlaydi-masalan, yangi Alkes Research brokerlik kompaniyasi bizning birjamizdagi eng faol o’yinchilardan biriga aylandi.

Sizningcha qaysi investorlar, kelgusi yillarda O’zbekiston fond bozorini rivojlantirish uchun tayanch bo’lishi kerak?

– O’ylaymanki, bizga barcha investorlar, shu jumladan mahalliy chakana investorlar ham kerak. Ammo birinchi navbatda bizga pensiya va pay fondlar, sug’urta kompaniyalari, moliya tashkilotlari yoki boshqa yuridik shaxslar kabi mahalliy institutsional investorlar kerak.

Ularni bozorimiz uchun tayanch deb hisoblash mumkin, chunki chet elliklardan farqli o’laroq, agar inqiroz yuzaga kelsa, ular biron joyga qochib ketishmaydi. Odatda, fond bozorida stressli vaziyat yuzaga kelganda, u pasayadi va hamma vahimaga tushib qoladi va mahalliy institutsional investorlar bozorga chiqib, sotuvchilardan qog’oz sotib olishni boshlaydi. Agar mahalliy institutsional o’yinchilarning talabi yetarli bo’lsa, katta ehtimol bilan bozorning pasayishi unchalik dramatik bo’lmaydi yoki hatto ma’lum vaqtdan keyin butunlay to’xtaydi. Ya’ni, mahalliy investorlar bozorda barqarorlik va prognoz qilishga hissa qo’shadil, bu esa doim kerak.

Shuningdek