Qachon Toshkentdan Budapeshtga toʻgʻridan-toʻgʻri reys bilan uchish mumkin boʻladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda transport vazirligi xabar berdi
Foto: O‘zbekiston transport vazirligi

Oʻzbekistonning «Qanot Sharq» aviatashuvchisi 20-avgustdan Toshkent-Budapesht yoʻnalishida parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Qanot Sharq» aviakompaniyasi Budapeshtga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Vazirlikning qayd etishicha, aviakompaniya yo‘lovchilarni Airbus A320 tor fyuzelyajli samolyotida tashiydi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning may oyi oʻrtalarida transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev va Vengriyaning Oʻzbekistondagi elchisi Dyula Kovach ikki davlat poytaxtlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qilgan edi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 19 avgustdan O‘zbekiston poytaxtidan Rossiyaning Blagoveshchensk shahriga parvozlarni boshlaydi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Toshkentdan Tailand poytaxtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qila oladi.

Shuningdek