«Tiqxmmi» NRU QS Stars reytingida to’rtta yulduz oldi

eʼlon qilindi
Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti Quacquarelli Symondsning QS Stars reytingida 1000 balldan 689 ball to‘plab, to‘rt yulduzli maqomini oldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati

Universitet o‘qitish, mehnat bozorida bitiruvchilarga bo‘lgan talab, universitetda yaratilgan inklyuzivlik va qulayliklar bo‘yicha besh yulduz, ilmiy-tadqiqot faoliyati, yer tuzish va kadastr uchun to‘rtta, ijtimoiy mas’uliyat uchun uchta va xalqaro miqyosda ikkita yulduzni oldi.

1923-yilda tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti suv xo‘jaligini rivojlantirishga ixtisoslashgan. Ilgari universitet QS World University Rankings tomonidan muhandislik va texnologiya toifasidagi eng yaxshi besh yuzta tashkilot qatoriga kiritilgan va tabiiy fanlar bo‘limida ham qayd etilgan.

Shuningdek