AQShning yarimo’tkazgich sanoati ishchilar taqchilligiga duch kelishi mumkin

eʼlon qilindi
Keyingi yetti yil ichida

AQSh yarimo‘tkazgich sanoati 2030-yilga borib 67 mingga yaqin ishchisini yo‘qotadi, deya xabar bermoqda Reuters yarimo‘tkazgichlar sanoati uyushmasi (SIA) va Oxford Economics tadqiqotiga tayanib.

Foto: Raimundas / www.depositphotos.com

Prognoz qilinayotgan tanqislikka kompyuter olimlari, muhandislar va texniklar kiradi.

Tadqiqotda taʼkidlanishicha, AQSh taʼlim muassasalarini bitirishning hozirgi surʼatida soha kelasi yetti yil ichida kadrlar yetishmovchiligiga duch kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar mamlakat ichida yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni kuchaytirish niyatida. Xususan, mamlakatda yangi ishlab chiqarish maydonchalarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga mablag‘ ajratuvchi CHIPS Act qabul qilindi.

Shuningdek