Dodo Brands kompaniyasini kim boshqaradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Yangi bosh direktor o‘z vazifasini 2024-yil yanvar oyida boshlaydi

Dodo Pizza AQSh tarmog‘ining sobiq rahbari va Dodo Pizza franchayzi Alena Tixova 2024 yildan boshlab Dodo Brands kompaniyasini boshqaradi. Kompaniya asoschisi Fedor Ovchinnikov har yili o’tkaziladigan sheriklar kongressida iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u 45% ulushga ega bo’lgan aktsiyador va direktorlar kengashi a’zosi bo’lib qolishini ta’kidladi.

Ovchinnikovning Dodo Brands bosh direktori lavozimini tark etayotgani va ochiq vakansiya joriy yilning boshida ma’lum bo’lgan edi. Ovchinnikovning so’zlariga ko’ra, Tixovaning nomzodi korporativ madaniyat va biznes yondashuvini yaxshi bilganligi uchun mos keladi.

Bugungi kunda Dodo Pizza, Drinkit va Doner 42 brendlarini o’z ichiga olgan guruh dunyoning 18 davlatida faoliyat yuritadi va 957 ta savdo nuqtalariga ega.

«Vedomosti» nashrining yozishicha, bu yil kompaniya Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon, Xorvatiya, Bolgariya, Serbiya va Kipr bozorlariga chiqmoqchi.

McDonald’s global tez ovqatlanish tarmog’i Rossiyadagi biznesini tadbirkor Aleksandr Govorga sotishi xabar qilingandi. Govor Novosibirsk, Berdsk, Tomsk va Rossiyaning boshqa shaharlarida McDonald’sning 25 ta ovqatlanish shoxobchalarini boshqaradigan kompaniyani boshqaradi.

Shuningdek