ITComms: O‘zbekistonda konditsionerlarga talab ortib bormoqda

eʼlon qilindi
ITComms PR agentligi tahliliga ko'ra

ITComms PR agentligi (Kursiv maʼlumotlariga koʻra) tahlili shuni koʻrsatadiki, oʻzbekistonliklar konditsionerlar va sovutgich uskunalariga qiziqishi ortgan.

Foto: Unsplash

Agar 2022-yilda olx.uz portalida «ventilator», «konditsioner», «split» teglari bo‘yicha so‘rovlar soni 777,1 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 637,6 mingtaga yetdi.

Portalda sovutish uskunalari sotuvi haqidagi e’lonlar ham ko’paydi. 2022-yilning yanvar-may oylarida 5,4 mingta, 2023-yilning shu davrida esa 8,1 mingta e’lon chop etilgan.

ITComms ta’kidlashicha, konditsionerlar va ventilyatsiya tizimlariga talab va taklifning o’sishi bilan birga ularni o’rnatish yoki ta’mirlash mumkin bo’lganlar uchun qiziqish ortdi. Bunday mutaxassislarning maoshi 220 ming – 5,5 million so‘mdan 250 ming – 7 million so‘mga ko‘tarildi.

Shuningdek