O‘zbekistonda mahalliy aviakompaniyalar soni sakkiztaga yetdi

eʼlon qilindi
Transport vazirligi ma'lumotlariga ko'ra

2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yana to‘rtta mahalliy aviatashuvchi o‘z faoliyatini boshladi. Bular Centrum Air, Silk Avia, Asia Union Airlines va Tashkent Air aviakompaniyalari, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

Mamlakat bozorida «O‘zbekiston havo yo‘llari», «Qanot Sharq», «Panorama Airways» va «Humo Air» kompaniyalari ham xizmat ko‘rsatmoqda.

Dastlabki olti oyda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, shuningdek, yangi aviakompaniyalar tomonidan 17 ta samolyot import qilindi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning birinchi choragida havo transportida 1,1 million yoʻlovchi tashilgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 11,7 foizga koʻpdir. Bu vaqt ichida yoʻlovchilar aylanmasi 1,6 barobar oshdi.

Shuningdek