XVJ global iqtisodiy o’sish prognozini biroz yaxshiladi

eʼlon qilindi
Inflyatsiya 6,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda

Joriy yilda global yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3 foizni tashkil etadi, deya xabar beradi Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotida. Avvalgi prognoz 2,8% darajasida edi.

Foto: Reuters/Yuriy Gripas

2024-yilda jahon iqtisodiyotining o‘sishi xuddi shunday 3 foiz darajasida kutilmoqda, deb ta’kidladi XVJ.

Jamg‘arma ekspertlarining fikricha, jahon iqtisodiyoti tiklanib, barqarorligini ko‘rsatmoqda. Biroq, ijobiy o’zgarishlarga qaramay, iqtisodiy o’sish tarixiy nuqtai nazardan zaifligicha qolmoqda.

XVJ shuningdek, 2023-yilda global inflyatsiya 6,8%, kelasi yilda esa 5,2% bo‘lishini bashorat qilmoqda.

“Inflyatsiya, masalan, Ukrainadagi Rossiya urushining kuchayishi yoki ekstremal ob-havo hodisalari tufayli yuqoriligicha qolishi yoki oshishi mumkin. Bu pul-kredit siyosatining qo’shimcha qat’iylashtirilishini talab qilishi va moliya bozorlarida o’zgaruvchanlikning yangi to’lqiniga olib kelishi mumkin. Xitoy iqtisodiyoti bilan bog’liq vaziyat yomonlashishi mumkin va geoiqtisodiy tarqoqlik o’sish sur’atlarini yanada pasaytirishi mumkin», – deya tushuntirdi XVJ bosh iqtisodchisi Per-Olivier Gurinchas.

XVJ bu yil global savdo o’sishi 2% bo’lishini kutmoqda, 2024 yilda esa 3,7% gacha.

2023-yil aprel oyida XVJ rahbari Kristalina Georgieva yaqin besh yil ichida jahon iqtisodiyotining o‘rtacha yillik o‘sishi 3 foizga yaqin bo‘lishini ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, bu 1990 yildan beri eng past o’rta muddatli prognozdir.

Shuningdek