X tushdi. San-Fransisko aholisining 24 ta shikoyati bilan Twitterning yangi logotipi “tushib ketdi”

eʼlon qilindi
Uning yorqin nuri sabab

Kompaniyaning San-Fransiskodagi bosh qarorgohi tomiga o‘rnatilgan X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ining logotipi ikki hafta ham turmadi, deb xabar berdi Reuters.

Foto: Jastin Sallivan/Getty Images AFP

Axborot agentligi xabariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlarida shaharsozlik boshqarmasi ijtimoiy tarmoqning yangi ramzi bo‘yicha 24 ta murojaatni qayd etgan.

«Mulk egasi yorug‘lik konstruktsiyasini ruxsatsiz o‘rnatish uchun jarimaga tortiladi», dedi Reuters agentligiga departament.

Kompaniya, shuningdek, logotipni shtab-kvartiradan demontaj qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani haqida xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, 21-iyul, juma kuni «X» o‘rnatilgandan so‘ng San-Fransisko aholisi ijtimoiy tarmoq logotipidan juda yorqin yorug‘lik kelayotganidan shikoyat qila boshladi.

Shuningdek