Qancha talaba o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan?

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi

Bugun 2-avgust talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 59 ming 431 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.

Foto: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bu ko‘rsatkich respublika davlat oliy taʼlim muassasalararo o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali  – 26 647 nafar bo‘lsa, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali – 32 784 nafar talaba ariza topshirgan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, arizalar 5 avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Aytib o‘tish kerakki, 1-avgust kuni o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 58 ming 298 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek