UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzini narxini oshirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Chegirma muddati mart oyida joriy qilingan

Mart oyida UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benziniga joriy qilingan chegirma nihoyasiga yetdi. Hozir bir litrining narxi 8,6 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Foto: UNG Petro

Bahorda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi ushbu markadagi benzinga chegirma joriy qildi – bir litri 7,5 ming so‘mdan. Aksiyagacha AI-92 narxi 9,5 ming so‘m edi.

May oyida UNG Petro 1-maydan boshlab chegirma muddati tugashini e’lon qildi, biroq keyinchalik post o‘chirildi. O‘sha kuni Energetika vazirligi bu ma’lumotni rad etdi.

Shuningdek