Uy-joy narxlari hududlar bo‘yicha guruhlab chiqildi

eʼlon qilindi
II chorak davomida hududlar bo‘yicha 432 893 ta maʼlumot to‘plandi va interaktiv veb sahifa ko‘rinishiga keltirildi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning II choragi uchun Olx.uz platformasida taklif etilayotgan uy-joy narxlarini hududlar (115 ta hudud) bo‘yicha guruhlab chiqdi.

Viloyatlar bo‘yicha uy-joyning har bir kvadrat metri uchun narxlar 10 guruhga ajratildi. Narxlar eng arzon hududlar birinchi guruhga (har bir kvadrat metr uchun 390 dollardan), eng qimmatlari esa o‘ninchi guruhga kiritildi (bu guruhda uy-joyning har bir kvadrat metri uchun 1251,69 dollargacha kuzatilgan). Har bir guruh 86,15 dollarlik narx oralig‘ini ifodalaydi.

2023-yilning II choragida hududlar orasida eng yuqori o‘rtacha narx Toshkent shahrida qayd etildi, yaʼni 1251,69 AQSH dollari. Shu bois u narx segmentatsiyasi bo‘yicha eng yuqori 10-guruhga kiritildi. Samarqand shahri (753,03 AQSH dollari) narx segmentatsiya bo‘yicha 6-guruhdan o‘rin oldi. O‘rtacha narxlar pastroq bo‘lgan Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 2-guruhdan joy oldi. Respublika bo‘yicha eng minimal narx Qoraqalpog‘iston Respublikasida

Shuningdek