Toshkent metrosi tobora ommalashib bormoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Metrodan 81 million yo‘lovchi foydalangan

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar oqimi bir yil davomida qariyb 30 foizga oshdi. O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lum qilishicha, bugungi kunda har kuni 450 mingga yaqin kishi poytaxt «metro»sidan foydalanadi.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Tahlilchilarning qayd etishicha, yanvar-iyun oylarida Toshkent metropoliteni 81 million yo‘lovchini manziliga yetkazgan. Bu o‘tgan yilning olti oyidagiga nisbatan qariyb 18 millionga ko‘pdir. Endilikda «metro»dan kuniga o‘rtacha 447,3 ming kishi foydalanadi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 29 foizga ko‘pdir.

Avvalroq, «Kursiv» Pekin metrosida yo’l haqini kaft izi bilan to’lash mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek