Gaz va elektr o‘g‘rilari 40 milliard so‘m zarar yetkazgan

eʼlon qilindi
O‘tgan oy

2023-yil iyul oyida elektr energiyasi va gazni noqonuniy isteʼmol qilishdan koʻrilgan zarar 40 milliard soʻmni tashkil etdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Pixabay

O‘tgan oyda jami 573 ta holat qayd etilgan. Qoidabuzarlarning aksariyati Andijon, Samarqand va Navoiy viloyatlarida bo‘lgan.

Jami 28,2 milliard so‘mlik 37,6 million kub metr tabiiy gaz va 11,8 milliard so‘mlik 22,8 million kVt/soat elektr energiyasi o‘g‘irlangan.

Yozgi mavsumda bu miqdorda gaz 188 ming xonadonning oylik, elektr energiyasi esa 114 ming xonadonning oylik isteʼmoli uchun yetarli.

Avvalroq, «Kursiv» «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ 2023-yil boshidan elektr energiyasi narxini 589 milliard so‘mga pasaytirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek