Kim Chen In ehtimoliy urushga tayyorlanishga chaqirdi

eʼlon qilindi
Shimoliy Koreya bosh shtab boshlig‘ini almashtirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat oliy harbiy korpusini o‘zgartirdi va ehtimoliy qurolli mojaroga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi, deb yozadi Reuters axborot agentligi.

Foto: REUTERS dan KCNA

Markaziy harbiy komissiya yig‘ilishida bu lavozimda yetti oy ishlagan KXDR Bosh shtab boshlig‘i Pak Su Il o‘z lavozimidan ayrildi. Uning o‘rniga general Ri Yong Gil tayinlandi.

Shimoliy Koreya yetakchisi qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarurligini ham ma’lum qildi. O‘tgan hafta u ixtisoslashgan korxonalarda bo‘lib, u yerda artilleriya va boshqa qurollar ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalarini e’lon qildi.

Bundan tashqari, Kim mamlakatning eng yangi harbiy texnikasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

21-24- avgust kunlari Janubiy Koreya Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan birgalikda KXDR xavfsizlikka tahdid deb hisoblagan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

«Kursiv»ning yozishicha, iyul oyi oʻrtalarida Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon ikkita raketa uchirdi.

Shuningdek