Shavkat Mirziyoyev: har bir viloyat 15 million tup daraxt ko‘chatlarini ekishadi

eʼlon qilindi
Ayrim rahbarlar davlat rahbari tomonidan tanqid qilindi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro shahrida «Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari» yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: O‘zbekiston prezidenti axborot xizmati

Unda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. Bunda:

– har bir viloyat bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt ko‘chatlari ekishi;

– barcha shaharlar atrofida «yashil belbog‘»lar tashkil qilish zarur.

Lekin ayrim rahbarlar bu ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani davlat rahbari tomonidan tanqid qilindi. Masalan, ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud bo‘lgan. Daraxt ko‘chatlarini yo‘llar bo‘yida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.

Davlatimiz rahbari o‘z hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda  hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini taʼkidladi.

Barcha tizim va hudud rahbarlariga  mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesish uchun jazo kuchaytirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek