Poytaxtning qaysi tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

eʼlon qilindi
14-avgustda

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining xabariga ko‘ra, bugun Sergeli tumani «Ziynat» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr taʼminoti o‘chiriladi.

Foto: «Hududgazta’minot»

Elektr taʼminotining uzilishiga sabab isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish.
Xabarda shuningdek, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini aytib o‘tishgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston energetika tizimining barqaror ishlashi uchun qanday choralar ko‘rilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek